Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni havo haroratining keskin ko‘tarilishi kutmoqda
eʼlon qilindi
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra
O‘zbekistonning Toshkent viloyatida 9-sentabr, shanba kuni havo harorati kunduzi 30-35, kechasi 13-18 daraja issiq bo‘ladi, xabar berdi «O‘zgidromet».

10-sentabr, yakshanba kuni havo harorati kunduzi 32-37, kechasi 15-20 darajagacha ko‘tariladi. Dam olish kunlarida yog’ingarchilik kutilmaydi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham o‘zbeklarni xuddi shunday ob-havo kutmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir tufayli sel kelishi mumkinligini yozgan edi.