Mamlakatda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7% o‘sdi

eʼlon qilindi
Sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Respublikada o‘tgan yetti oyda yurtimizda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7 foizga o‘sib, 345 trillion so‘mga yetgan. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida gapirib o‘tdi.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Mazkur ko‘rsatkich elektrotexnika sanoatida 46 foizni, yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 16 foiz, qurilish materiallarida 12 foiz, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishda 11 foizni tashkil qiladi. Birgina misni qayta ishlash 30 foizga va yuqori qo‘shilgan qiymatli maishiy texnikalar hajmi 36 foizga oshishi hisobiga jami 12,5 trillion so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ularning eksporti 25 foizga ko‘payib, 550 million dollardan oshdi.

Avvalroq, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti olti oyda qanday o‘sganligi haqida yozilgan edi.

Shuningdek