Rossiyaning Leningrad viloyatida halokatli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. O‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasi bir guruh yosh velosportchi ayolni urib yubordi. Ikki qiz halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Izvestiya».
Baxtsiz hodisa 7-sentabr, payshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan. 59 km uzunlikdagi Skandinaviya shossesida Scania yuk mashinasi sportchilarga hamrohlik qilayotgan avtomobilga borib urilgan. Mashina velosipedchilar ustiga tashlandi.
Sestroretskdagi olimpiya zaxiralari maktabining o‘n nafar o‘quvchisi jarohat oldi, ulardan ikki nafari halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan qizlar 14 va 15 yoshda bo‘lgan. Yana ikki sportchining ahvoli og‘ir va ular kasalxonaga yotqizilgan.
Rossiya velosport federatsiyasi qizlarning murabbiyi sayohatga ruxsat olmagani haqida xabar berdi. Tashkilot avtomagistrallarda haydash xavfi haqida eslatdi.
Huquqni muhofaza qilish organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 264-moddasi «Yo’l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish» bo’yicha ish qo’zg’atdi. Nashr manbasiga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolgan.
«Fontanka» nashri, o‘z navbatida, o‘z manbalariga tayanib, yuk mashinasini 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqarganini ma’lum qildi. U Rossiyada qonuniy ishlagan.
«Kursiv» gazetasi Rossiyadagi migrant haydovchilarni yana guvohnoma olishga majburlamoqchi ekanliklarini yozdi.