Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilarini tashabbussiz deb atadi

Prezident ularning ishidan norozi

O’zbekiston prezidenti sanoat rivojiga bag’ishlangan yig’ilishda ayrim hudud hokim yordamchilarini tashabbussiz deb atadi. Sabab ayrim viloyatlarda ular rivojlanish iqtiqbollarini ko’ra olmasliklarida.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Toshloqda yil yakunigacha qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati aniqlangani taʼkidlandi. Jumladan, ishlab chiqarishni kamaytirgan 23 ta sanoat korxonasida quvvatlarni tiklash hisobiga 900 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha  barcha hisob-kitoblar bor. Tumandagi 22 ta yangi loyihani ishga tushirishni tezlashtirish evaziga qo‘shimcha 50 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni bor.

Misol uchun «Olmaliq» kombinati mahalliy sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yib, polimer, quyma ehtiyot qismlar, kimyoviy reagent kabi 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Xorazmda xuddi shunday imkoniyatlar mavjud.

«Lekin bu borada viloyat hokimlarining mahalliylashtirish bo‘yicha yordamchilari ishi mutlaqo sezilmayapti. Ularda na taklif, na tashabbus bor», – dedi Prezident.

Biroz avval mamlakatda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7% o‘sganligi haqida xabar bergan edik.