6-sentabr kuni Shimoliy Koreya taktik yadro quroliga ega atom suv osti kemasini uchirdi, xabar berdi KCNA. Yangi suv osti kemasi Shimoliy Koreya harbiy-dengiz kuchlariga topshirildi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirok etgan tadbir KXDR kuni munosabati bilan o‘tkazildi.
Bu taktik yadro qurollari bilan jihozlangan birinchi suv osti mashinasidir. Endi u harbiy sinovlar uchun dengizga chiqishga tayyorlanmoqda.
Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasiga kelib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish va qurol-yarog‘ yetkazib berish masalalarini muhokama qilish niyatida ekani xabar qilingandi. Putin va Kim Chen In Vladivostokda iqtisod bo‘yicha forum doirasida uchrashishi mumkin.
Avgust oyi o‘rtalarida Kim Chen In mudofaa zavodlari bilan tanishish chog‘ida raketa ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirgan edi.