Buyuk Britaniya Yashil iqlim jamg‘armasiga rekord miqdorda mablag‘ ajratadi

eʼlon qilindi
Bu haqda mamlakat bosh vaziri ma'lum qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Buyuk Britaniya Yashil iqlim jamg‘armasiga 2 milliard dollar ajratishini ma’lum qildi, yozadi The Economic Times.

Manba: Pixabay

Sunak bu haqda Nyu-Dehlida (Hindiston) G20 sammitining so’nggi kunida bayonot berdi. Hissa Buyuk Britaniyaning rekord darajadagi moliyaviy majburiyatini anglatadi.

Yashil iqlim jamg’armasi 2010 yilda 194 davlat tomonidan tashkil etilgan va iqlim o’zgarishiga qarshi kurash bo’yicha eng yirik jamg’arma hisoblanadi.

Avvalroq, «Kursiv» BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni «sayyora qaynashini» to‘xtatish choralarini ko‘rishga chaqirganini yozgan edi.

Shuningdek