Haftani dollar ko’tarilishi bilan boshladik
eʼlon qilindi
AQSh valyutasi 16.28 so’mga qimmatlashdi
Markaziy bank dollar kursini 12 163.53 so’m belgiladi. O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ham shu summani ko’rsatdi.

Mamlakat banklari AQSh valyutasini 6 sentyabr kuni bank kassalarida sotib olish kursi 12085 so’mdan 12 150 soʻmgacha, sotish kursi – 12 200 soʻmdan 12 225 so’mgacha.
8 avgust – juma kuni dollar kursi 12 147.25 so’m edi.