Amerikaning Meta korporatsiyasi sun’iy intellekt (AI) ustida ishlamoqda, u ChatGPT bilan teng kuchga ega bo’lishi kerak, xabar beradi The Wall Street Journal.
Meta 2024 yilda ChatGPT raqobatchisini ishga tushiradi. Yaratilayotgan tizim kompaniya iyul oyida taqdim etgan Llama 2’dan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.
WSJ ma’lumotlariga ko’ra, ishlab chiqilayotgan platforma yuqori murakkablikdagi matn va tahliliy materiallarni yaratish imkonini beradi. Loyihani amalga oshirish uchun kompaniya ma’lumotlar markazlarini qurmoqda, shuningdek, Nvidia’dan chiplar sotib olmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Google kompaniyasi Bard sun’iy intellekt texnologiyalari asosida chatbotni modernizatsiya qilganini yozgan edi.