“Navoiyuran” rahbari o‘z lavozimidan ozod etildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning vazifalarini Konchilik va geologiya vazirligi rahbari o‘rinbosari bajaradi

«Navoiyuran» MChJ bosh direktori Jahongir Xasanov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi, xabar qildi Konchilik va geologiya vazirligi matbuot xizmati.

Foto: konchilik va geologiya vazirligi matbuot xizmati

Endi uning vazifalarini Konchilik sanoati va geologiya vazirligi rahbari o‘rinbosari Jamol Fayzullayev bajaradi.

Oʻzbekistondagi yagona uran ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi «Navoyuron» kompaniyasining daromadi 2023-yilning birinchi yarmida 2022-yilning shu davriga nisbatan 82,6 foizga oshgani haqida avval xabar berilgan edi.

Shuningdek