O‘zbekistonda ipoteka krediti berilgan ayollar soni keskin kamaydi
O‘zbekistonda ipoteka krediti olgan ayollar soni keskin kamaydi, keltiriladi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki infografikasida.
Shundan o‘tgan yilda 19 686 (41%) nafar ayol 3.3 trln so‘mga kredit rasmiylashtirgan bo‘lsa, bugunga 16 453 (36%) nafar xotin-qizlarimiz 3.6 trln so‘mlik kredit olishdi. Bu yil koproq erkaklarga faol bo’lib, 29 508 (64%) nafari 6.6 trln so’m kredit olishgan. 2022 yilda bu ko’rsatgich 28 658 (59%) nafar erkaklar 5.7 trln so’m kredit olganini ko’rsatmoqda. Shunday qilib, ipoteka kreditlari oluvchilarning kamayishi ayollar hisobiga bo‘lmoqda. 2022 yilga nisbatan ipoteka krediti oluvchi ayollar 16,4 foizga kamaygan.
2022 yil umumiy hisobda 9.1 trln so‘m ipoteka krediti ajratilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu summa 10.3 trln so‘mni tashkil qiladi. O‘tgan yilga nisbatan bu yilgi rasmiylashtirilgan kredit ko‘rsatgichlarimiz 12.8% ga oshgan.Shuningdek, ipoteka kreditlarining ikkilamchi bozorga yo‘naltirilishi davom etmoqda (umumiy kreditlarning 45 foizi eski uylar uchun).
Banklarning o‘z mablag‘lari asosida ajratilgan ipoteka kreditlari uchun o‘rtacha foiz stavkasi 24,5 foiz bo‘lib turibdi. 2022 yilda davomida bu ko‘rsatkich 23,3 foiz edi. O’tgan yil avgust oyida davlat dasturi bo’yicha ipotekaning foizi 17.2, bu yil esa uy-joy qarzi biroz qimmatlashdi, yozning oxirgi oyida stavka 17.9 bo’ldi.
Qaysi banklarda rasmiy daromadsiz ipoteka kreditini olish mumkinligini «Kursiv» materialidan bilib olishingiz mumkin.