O‘zbekiston respublikasi markaziy banki tomonidan avgust oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha so‘rovnoma natijalarini eʼlon qildi.
Avgust oyida 3 mingdan ziyod respondentlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari ko‘ra aholining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 14,2 foizni, tadbirkorlik subyektlari kutilmalari esa 14,4 foizni tashkil qilgan. Tadbirkorlik subyektlarida inflyatsiya kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan 0,9 foizga, fuqarolar o‘rtasida esa 1,2 foizga oshgan.
Aholining fikriga ko‘ra kelgusida narxlar quyidagilar hisobiga oshishi mumkin: valyuta kursining o‘zgarishi – 70%, yoqilg‘i mahsulotlari va energiya narxlarining qimmatlashishi – 43%, ish haqi va nafaqalarning oshishi – 36%.
Tadbirkorlarning fikriga ko‘ra, narxlarning oshishiga valyuta kursining o‘zgarish 71%, yoqilg‘i mahsulotlari va energiya narxlarining qimmatlashi 38%, ish haqi va nafaqalarning oshishi esa 30% taʼsir qiladi deb hisoblashadi.
Hududlar kesimida qaralganda esa, Sirdaryo aholisining 15,7 (tadbirkorlar 15,5%), Toshkent shahar aholisining 15,3 (tadbirkorlar 14,2), Jizzax aholisining 14,3 (tadbirkorlar 13,8%) inflyatsion kutilmalari borligini ko‘rish mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda ipoteka kreditini olgan ayollar soni keskin kamaygani haqida xabar bergan edi.