O‘zbekiston va Janubiy Koreya Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturini (TIPF) qabul qildi. Bu haqda Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligining press-relizida aytiladi.

Mamlakatimiz tomonidan bitimni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Hamrayev, Janubiy Koreya tomonidan esa savdo vaziri o‘rinbosari Chong De-jin imzoladi.
Janubiy Koreya Savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda ushbu turdagi hujjat imzolangan birinchi davlat bo‘lganini ta’kidladi.
TIPF iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan yetkazib berish zanjirlarini yaratish, bio- va raqamli texnologiyalar almashinuvi sohasida kengaytirishni nazarda tutadi.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston molibden va volfram zaxiralari boʻyicha dunyoda mos ravishda 12 va 7-oʻrinlarda turadi. Savdo vazirligi TIPF Koreyaga xom ashyo importini barqarorlashtirishga yordam beradi, deb kutmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Janubiy Koreya O‘zbekiston iqtisodiyotiga 7 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritganini yozgan edi.