“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida nimalar haqida so‘z boradi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli farmon va qarorida so‘z yuritiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsaddan iborat.

«O‘zbekiston-2030» strategiyasining asosiy maqsadlari – o‘rtachadan yuqori daromadli davlatga aylanish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sifatini oshirish, adolatli va zamonaviy davlat qurish, atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.

Masalan, 2024-yil banklarning nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qiymati 20 milliard so‘mgacha kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2023/2024 o‘quv yilidan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari 10-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi. Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun «tayanch maktab» etib belgilanadi.

Shu bilan birgalikda, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek