O‘zbekiston va Ozarbayjon Isroilga bug‘doy yetkazib beradi. Mamlakatlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, yozadi Minval.
Hujjat Ukrainadagi urush tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat inqirozi fonida qabul qilingan. Shartnoma uzoq muddatli bo’lib, Isroil tomonidan don import qiluvchilarini diversifikatsiya qilish uchun qabul qilingan.
Har yili Isroil bug’doyning 90% dan ortig’ini hayvonlar uchun ozuqa sifatida sotib oladi. Ukrainadagi urush va koronavirus pandemiyasi tovarlar importini murakkablashtirdi va ularning narxini oshirdi.
Bug’doy evaziga yetkazib beruvchi davlatlar Isroildan ilg’or qishloq xo’jaligi texnologiyalarini oladi. O‘zbekiston Qozog‘iston Respublikasidan 2023-yilning dastlabki besh oyida 1,7 million tonna bug‘doy import qilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39,9 foizga oshgan.