Qirg‘izistonda o‘zbeklar tovlamachilik bilan to’qnash kelishdi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Yaylovdan foydalanuvchilar qo‘mitasi rahbarini O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirayotganlikda qo‘lga oldi. Bu haqda boshqarmaga asoslanib Kaktus.Media xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari huquq-tartibot idoralari xodimlariga qo‘mita rahbari tomonidan to‘qqiz bosh qoramol noqonuniy ravishda saqlanayotgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. U hayvonlarni qaytarish uchun 2 ming dollar talab qilgan.
Tovlamachi ushbu summaning bir qismini olgach qo’lga olindi. U Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Jalolobod viloyatidagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning sentabr oyidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegarani kesib o‘tishda ID kartalaridan foydalanishlari mumkinligini yozgan edi.