Rossiya xorijlik talabalarga uy-joy narxini qoplashni taklif qildi
Rossiyadagi oliy o’quv yurtlarida chet eldan kelgan 350 ming talaba tahsil oladi. Hamma uchun yotoqxonalar yetarli emas, shuning uchun bu talabalarga ijara uchun kompensatsiya to’lash haqida o’ylash kerak. Bunday taklif bilan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo’yicha komissari Tatyana Moskalkova chiqdi.
«Bugungi kunda faqat o‘zining yotoqxona bazasiga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari talabalarga ushbu turar joydan foydalanish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Ammo ba’zida yotoqxonalar etarli emas. Balki, qo‘shimcha ijara yoki boshqa shakllar uchun kompensatsiya masalasini ko‘rib chiqish juda muhim», — dedi Moskalkova Osiyo Ombudsmanlari assotsiatsiyasi Bosh assambleyasi yig‘ilishida. Mulozimning so‘zlaridan TASS agentligi keltirib o’tgan.
Rossiya Ombudsmaniga ko‘ra, Rossiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan ko‘plab talabalar tahsil olmoqda. Moskalkova ta’kidlaganidek, mamlakat universitetlarida o’qishga bo’lgan talab yil sayin ortib bormoqda.
11-12 sentyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida Osiyo Ombudsmanlari Assotsiatsiyasi Assambleyasining 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» yozda O‘zbekiston rossiyalik yoshlar orasida eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlarida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.