O‘zbekistonning Andijon shahri aeroportida rekonstruksiyadan so‘ng yettita samolyot uchun yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron paydo bo‘ladi. Ishchilar majmua qurilishini boshlab yubordi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 3400 m, kengligi 60 m bo‘lib, samolyot taksi yo‘laklariga tutash bo‘lishi rejalashtirilgan. Aeroportda zamonaviy yoritish uskunalari ham o‘rnatiladi.
Bu har qanday ob-havoda, shu jumladan tunda ham samolyotlarni qabul qilish va jo’natish imkonini beradi.
Qayta qurish ikki yil davomida amalga oshiriladi: 2023 yildan 2024 yilgacha.
Hozir Andijon aeroportida uzunligi 2985 m, eni 44 m boʻlgan bitta havo yoʻlagi mavjud boʻlib, baʼzi samolyotlar undan foydalana olmadi. Bundan tashqari, tungi vaqtda yoritish uskunalari yo’qligi sababli samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatish cheklangan.
«Kursiv» xabariga berganidek, 1-sentyabr kuni Zominda aeroport ochilgan.