Kim Chen In Putin bilan uchrashdi
Rossiyaning «Vostochniy» kosmodromida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, xabar berdi «RIA Novosti».

Davlat rahbarlari raketani yig‘ish va sinovdan o‘tkazish binosiga kiraverishda bir-birini kutib oldi. Kosmodromni tekshirish va eng yuqori darajadagi muzokaralar rejalashtirilgan.
Bu Kim Chen Inning mamlakat rahbariyati davridagi ikkinchi xorijiy safaridir. U birinchi davlat tashrifini to’rt yil avval, shuningdek, Rossiyaga qilgan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya Federatsiyasiga 12-sentabr kuni TIV rahbari va harbiy amaldorlar bilan zirhli poyezdda yetib keldi. Amerika matbuoti xabarlariga koʻra, Shimoliy Koreya oziq-ovqat yordami va texnologiya evaziga Moskvaga oʻq-dorilar yetkazib berishi mumkin.