Qancha O‘zbekistonliklar ishlash maqsadida xorijga ketishgan
Yanvar-avgust oyida 28,2 mingdan ziyod hamyurtdoshlarimiz ishlash maqsadida xorijga ketishgan. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Bu davr mobaynida 19 ta davlatlarning 265 ta ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan muzokaralar olib borilgan. Ularning 74 tasi bilan shartnoma imzolangan.
Xabarga ko‘ra, yil boshidan buyon Agentlik tomonidan 28, 2 mingdan ziyod fuqarolar xorijiy davlatlarga ishga joylashtirilgan. Bunda kuchli uchtalik – Rossiya (20,4 ming nafar) Janubiy Koreya (3,2 ming nafar) va Buyuk Britaniya (1.8 ming nafar)ga to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunga qadar, Agentlik tomonidan 39 mingdan ziyod fuqaro kasb-hunar va chet tillari kurslariga jalb qilingan.
Avvalroq, «Kursiv» Qirg‘iziston o‘zbek yuk mashinalarining asosiy xaridoriga aylangani haqida yozgan edi.