Yangiliklar

Yaponiya hukumati Orolbo‘yi qishloqlari aholisiga 2 million dollar ajratadi

Loyiha to‘rtta tumanning 376 mingdan ortiq aholisini qamrab oladi

Yaponiya BMTTDning iqlim o‘zgarishi fonida Orolbo‘yi aholisining turmush darajasini oshirish loyihasi uchun 2 million dollar miqdorida grant ajratadi.

Foto: BMTTD O‘zbekiston

Loyiha Xo‘jayli, Chimboy, Kegeyli va Nukus viloyatlarining 376 mingdan ortiq aholisini qamrab oladi. Uning bilvosita benefitsiarlari 1,9 million kishini tashkil qiladi.

Bu jarayonda mazkur hududlar aholisiga qishloq xo‘jaligining samarali usullari, jumladan, salomatlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga oid masalalar o‘rgatiladi. Ichimlik suvi va energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Innovatsion qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish va chekka hududlar aholisining hayotiyligini oshirish bo‘yicha Yaponiya tajribasini o‘rganish rejalashtirilgan.

Avvalroq, O‘zbekistonda Orol dengizi ekologiyasini tiklash uchun qiymati 500 ming dollarlik fotoelektr stansiya (PV) qurilishi haqida xabar berilgan edi.