Yangiliklar

Andijonda quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Umumiy quvvati 400 MVt

Powerchina International Group Limited (Xitoy) Andijon viloyatida quvvati 400 MVt quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshladi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, quvvati 100 MVt boʻlgan dastlabki qurilmalar kelasi yilning aprel oyi boshida ishga tushiriladi. Elektr stansiyasi 2024-yil noyabr oyi oxirigacha to‘liq quvvat bilan ishlashi kutilmoqda.

Uni qurish bo‘yicha kelishuv joriy yilning avgust oyi boshida imzolangan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistondagi aksariyat universitetlar «yashil» energiyaga o‘tishini yozgan edi.