Samarqandda “aqlli” issiqxona quriladi

eʼlon qilindi
Fermerlarning daromadlarini oshirish

Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar Samarqand qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari va ilmiy-tadqiqot institutida «aqlli» issiqxona o‘rnatadi. U yerda yangi kartoshka navlari sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Loyiha Janubiy Koreyaning Xalqaro bog‘dorchilik instituti mutaxassislari va O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari tomonidan muhokama qilindi.

Ular gidroponika (sun’iy muhitda o’simliklar etishtirish usuli) asosidagi «aqlli» issiqxonani oktyabr oyida foydalanishga topshirmoqchi. U yerda o‘zbekistonlik va janubiy koreyalik seleksionerlar kartoshkaning yangi navlarini sinovdan o‘tkazib, eng mahsuldorlarini yetishtiradi. Pirovard maqsad mahalliy fermer xo‘jaliklariga serhosil urug‘lik yetkazib berish bo‘ladi.

Loyiha O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va fermerlar daromadini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Institutda issiqxonadan tashqari kartoshka saqlash uchun omborxona ham quriladi.

«Kursiv» sentabr oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishini yozgan edi.

Shuningdek