O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 160 milliard dollarga yetkazmoqchi
Yetti yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 160 milliard dollarni tashkil qilishi kerak.Bu haqda mamlakat investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Abdulla Hoshimov ma’lum qildi. Mulozimning so‘zlaridan Sputnik agentligi keltirgan.
Hoshimovning qoʻshimcha qilishicha, 2030-yilga borib Oʻzbekistonda eksport hajmi 45 milliard dollargacha oshadi.
Rasmiylar xalqaro yuk tashish hajmini oshirish orqali shunday natijalarga erishmoqchi.
«Kursiv» yozganidek, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti yilning birinchi yarmida 469,6 trillion soʻmni (38,6 million dollar) tashkil qildi. Bu o‘tgan yilgi natijadan 5,6 foizga ko‘pdir.
YaIM davlatda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning bozor narxlarini hamda eksport va jamg‘armalar hajmini aks ettiradi.