Angrenda 24 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston haqida nima yozishmoqda: xorijiy matbuotga sharh

RIA Novosti: «O‘zbekistonda 24 nafar bola bog‘chada zaharlanib kasalxonaga yotqizildi» – O‘zbekistonning Angren shahridagi (Toshkent viloyati) bog‘chalardan birida 24 nafar bola zaharlandi. Ulardan 17 nafari shifoxonada qolmoqda.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Lonely Planet: «To‘liq sayohat: O‘’’zbekiston bo’ylab olti kunlik guruhli sayohatga qancha pul sarfladim» – Lonely Planet muallifi Benedetta Gaddo O‘’’zbekiston bo‘ylab sayohat tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

TASS: «Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini energetika sohasida hamkorlik qilishga chaqirdi» – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining V maslahatlashuv uchrashuvi chog‘ida neftni saqlash va qayta ishlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi.

«RIA Novosti»: «O‘zbekiston “AvtoVAZ»da ming nafar vatandoshini ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda” – O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning «AvtoVAZ» avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan birgalikda avtomobil zavodida ishlash uchun ming nafargacha O‘zbekiston fuqarosini tanlashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek