IMC-Capital kompaniyasi Uzcard aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi, buni Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri (KTYDR) maʼlumotlari tasdiqlaydi.
Kompaniya ta’sischilari Timur Azadov, Obid A’zamxo‘jayev va Mansur Usmonovlar har biriga 25 foizlik aksiyalar tegishli bo‘lib, o‘zlarining 75 foizlik ulushlarini yangi egasiga o‘tkazgan, qolgan 25 foizlik Uzcard aksiyalari esa Kamron Akbarov portfelida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Uzcard 2022 yilning kuzida xususiylashtirilgan edi. Keyin to‘rt nafar ta’sischi ilgari beshta bankka tegishli bo‘lgan kompaniyaning 75 foiz ulushini 210,1 milliard so‘mga sotib oldi.