O’zbekistonda qancha o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz keksalar yashaydi
Joriy yil boshida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg’iz keksalarning soni 18,4 ming nafarga yetgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot berdi.
Shundan yolg’iz yashovchi shaxslar 13,7 ming (75%), yakka-yolg’izlar esa 4,68 ming (25%) tashkil qiladi.
Ularni asosan yolg‘izlik, salomatlik va xavfsizlik masalalari, harakatlanish cheklanganligi, kundalik uy ishlarini bajarishda qiyinchilik, noto‘g‘ri ovqatlanish, xotira susayishi, firibgarlik va suiiste’mollarga qarshi zaiflikdan aziyat chekishadi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini parvarish qilolmaslik va ijtimoiy xodimlar tomonidan parvarishlash grafigining noto‘g‘ri shakllantirish kabi muammolar ham qiynaydi.
Bugungi kunda Agentlik tomonidan yolg‘iz keksalarning haqqoniy elektron bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Biroz avval biz qaysi viloyatda nafaqa oluvchilar ko‘pligi haqidagi ma’lumot bilan bo’lishgan edik.