20-22 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilyapti, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Shu sababdan 7 ta viloyatning baʼzi tumanlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatining ayrim hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zgidromet» O‘zbekistonni changli qor qoplashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.