Tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va firmalar soni qanchani tashkil qiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Statistika agentligi maʼlumotlari ko‘ra
                    
                            2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39,1 mingtani tashkil etgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Hududlar kesimida tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soniga ko‘ra Toshkent shahri 10,9 mingta, Toshkent viloyati taxminan 5 mingta va Samarqand viloyati 3,3 mingtani tashkil qiladi.
Eng kam ko‘rsatkich Namangan viloyati (1,1 mingta) va Andijon viloyatiga (1,1 mingta) to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda ipoteka krediti berilgan ayollar soni keskin kamaygani haqida xabar bergan edi.
