HeadHunter: O‘zbekistonda yozda o‘rtacha ish haqi uchdan birga oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng ko‘p maosh oladigan mutaxassislar IT, marketing, qurilish va moliya sohalarida

O‘zbekistonda ish beruvchilar taklif qilayotgan o‘rtacha arifmetik maosh yoz oxirida 5,5 million so‘mga yetdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 34 foizga koʻpdir, dedi «Kursiv»ga HeadHunter matbuot xizmati.

Foto: gpointstudio / Depositphotos

Bu davrda oʻrtacha ish haqi 22 foizga – 4 million soʻmgacha oshdi.

HeadHunter taʼkidlashicha, eng koʻp maosh oluvchi mutaxassislar IT, marketing, qurilish va moliya sohalari vakillari boʻlgan.

Frontend dasturchisi uchun taklif qilingan ish haqi 3 ming dollargacha (36,8 million so‘m) edi. Qurilish sohasida muhandis–konstruktorning maoshi 13-18 million so‘m, moliya bo‘yicha menejerning maoshi 1 ming dollar – 1,5 ming (12,1 million so‘mdan 18,2 million so‘mgacha).

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil oktabr oyi boshidan maqom ijrochilarining maoshi oshirilishini yozgan edi.

Shuningdek