O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlanmadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Avvalroq OAV yangi virus shtampi tarqalgani haqida xabar bergan edi
                    
                            O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi qo‘mitasi «Pirola» koronavirusining yangi shtammi paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Kasallikning yangi mutatsiyasi Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya va boshqa bir qator mamlakatlarda aniqlangan.
Ushbu koronavirus mutatsiyasi O‘zbekistonda ham, qo‘shni davlatlarda ham aniqlanmagan. Mamlakatimizda COVID-19 bilan kasallanganlarning barchasida Omikronning turli shtammlari aniqlangan, deyiladi boshqarmada.
Avvalroq, «Kursiv» chang bo’roni bo’lganda aholi nima qilishi kerakligi haqida yozgan edi.
