AvtoVAZ zavodida O‘zbekistondan kelgan birinchi mutaxassislar ish boshladi. Bugungi kunda O‘zbekistonning 10 nafar fuqarosi metallurgiya ishlab chiqarishiga jalb etilgan.
Yana 20 nafarga yaqin hamyurtimiz avtokonserning o‘quv markazida malaka oshirmoqda. Ularga asosiy kasbiy ko‘nikmalar va xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar o‘rgatiladi.
Kompaniya barchalarni yotoqxonada joylashtirdi, shuningdek, ularni ish joyiga va qaytib kelish uchun transport bilan ta’minladi. Biroq, ishchilar turar joy va transport xarajatlarini o’zlari qoplaydi.
Ishga qabul qilinganda, zavodning jamoaviy shartnomasida nazarda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlar qo’llaniladi. Korxonada jami 500 nafar o‘zbekistonlik ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya avtokonserni uyushgan ishchilarni yollash doirasida O‘zbekiston fuqarolarini zavodlarga ishga joylashtirishni boshlagani haqida xabar berilgandi.