Yangiliklar

O‘zbekiston eng korruptsiyalashgan davlatlar reytingida qaysi o‘rinni egallagan?

O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan bir pog‘onaga ko‘tarildi

US News 2023 eng korruptsiyalashgan davlatlar reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqorilab, 87-o‘rindan 83-o‘ringa ko‘tarildi.

Manba: Unsplash

Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya, Belarus va Qozog‘istonga qaraganda kamroq korruptsiyalashgan. Vaholanki, bizda poraxo‘rlik darajasi Ozarbayjon va Ukrainadagidan yuqori.

Reyting aholi so‘rovlari asosida tuzilgan. U 10 ta asosiy toifadagi 73 ta asosiy mezonni hisobga oladi.

Eng kam korruptsiyaga uchragan davlatlar Shveytsariya, Kanada va Shvetsiyadir.

Avvalroq, O‘zbekistonda me’yoriy-huquqiy hujjatlar va loyihalarda korrupsiya omillari mavjudligi tekshirilishi haqida xabar berilgan edi.