Yangiliklar

O‘zbekiston hukumati JSTga kirishni ustuvor vazifa deb biladi

Bu haqda mamlakat prezidenti ma’lum qildi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat hokimiyati uchun ustuvor vazifadir, dedi Respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Foto: JST

«Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo‘lidagi ustuvor vazifamiz – yaqin kelajakda Jahon savdo tashkilotiga to‘la huquqli a’zo bo‘lishdir», – dedi Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi muhokamasida.

Prezident 2024-yilda O‘zbekistonda BMT shafeligida «Ijtimoiy himoya: barqaror rivojlanish yo‘li» konferensiyasini o‘tkazishni taklif qildi.

«Kursiv» Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lib turhani haqida yozgan edi.

2023-yilda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.