O‘zbekistondagi har ikkinchi maktab bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi – davlat rahbari
Oʻzbekiston hukumati mamlakatdagi oliy oʻquv yurtlarida talabalar sonini koʻpaytirish niyatida, dedi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev.
Prezident chorshanbaga o‘tar kechasi BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi muhokamasida nutq so‘zladi.
«Oxirgi olti yil ichida oliy ta’lim muassasalariga qabul (…) 9 foizdan 38 foizga oshdi. 2030-yilga borib (…) har ikkinchi maktab bitiruvchisiga oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyati yaratiladi», — dedi Mirziyoyev.
Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha sanaga qadar Oʻzbekiston hukumati bogʻchalarni har bir bola uchun qulay holga keltirmoqchi. 2017-yildan boshlab mamlakatimizda maktabgacha ta’limni qamrab olish 21 foizdan 70 foizga oshdi.
Davlatimiz rahbari barqaror iqtisodiy o‘sish va qashshoqlikka barham berishning eng samarali usuli, qulay va sifatli ta’lim ekanini ta’kidladi.
«Kursiv» Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lganini yozgan edi.