Qirg‘iziston O‘zbekistonga un eksport qilish bo‘yicha besh yillik rekordni yangiladi
Qirg‘iziston yilning 7 oyida 1,5 ming tonna un eksport qildi, xabar bermoqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Qolaversa, butun yuk O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Shu bilan birga, un importi shu davrda 3,3 ming tonnaga qisqarib, 16,2 ming tonnani tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda un narxi keskin ko‘tarilib, tanqislik muammosi yuzaga kelgan edi.
Ayrim rasmiylarga ko‘ra, bunga qo‘shni O‘zbekistonga mahsulotlarning nazoratsiz yetkazib berilishi sabab bo‘lmoqda.
Shu bois Monopoliyaga qarshi davlat qo‘mitasi hukumatga un eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy etishni taklif qildi.
Qirgʻiziston hukumatining aniqlik kiritishicha, narxlarning oshishiga faqat Qozogʻistondan olib kelingan un taʼsir koʻrsatgan, chunki temir yoʻllardagi tirbandlik tufayli yetkazib berish toʻxtatilgan.