Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston masalasini e’tibordan chetda qoldirmaslikka chaqirdi

eʼlon qilindi
Dunyoi xavfsizligi shunga bog'liq

Jahon hamjamiyati Afg‘onistonni o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirmasligi kerak, dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi muhokamalarida.

Manba: Unsplash

«Afg’onistonni yana muammolari bilan yolg’iz qoldirish katta xato bo’lardi. E’tibor bermaslik, izolyatsiya qilish va sanksiyalar qo‘llash oddiy afg‘on xalqining ahvolini og‘irlashtirmoqda», — dedi Mirziyoyev.

U Afgʻonistonga koʻrsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini kamaytirmaslikka va bu davlatning muzlatilgan xalqaro aktivlarini undagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yoʻnaltirishga chaqirdi.

«Bizga mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida ishtirok etuvchi, qo‘shnilar va boshqa davlatlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ochiq bo‘lgan tinch va barqaror Afg‘oniston kerak», — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro xavfsizlik Afgʻonistonda ijtimoiy jarayonlar qanday kechishiga bogʻliq. Shunday ekan, jahon hamjamiyati bu davlat muammolarini hal qilishda birlashishi kerak.

Avvalroq, «Kursiv» Mirziyoyev Afg‘onistonni suvdan foydalanish bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

Oxirgi ikki kundan buyon O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan AQShda bo‘ldi

Shuningdek