O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika prezidenti Jo Bayden bilan iqtisodiyot, inson huquqlari va gender tengligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev va Bayden oʻrtasidagi uchrashuv BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Oʻzbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Mirziyoyev va Bayden Oʻzbekiston yuridik va jismoniy shaxslarining Amerika kompaniyalari va banklari bilan hamkorlik qilish chora-tadbirlarini muhokama qildi.
«Kursiv» xabar berganidek, O‘zbekiston Prezidenti ayni damda AQShda bo‘lib turibdi. Oldinroq u Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi rahbariyati va kompaniya vakillari bilan uchrashgan.