“Turizm qo‘mitasi” PR xizmati rahbarining ikkita biznesi topildi

eʼlon qilindi

Dilfuza Samandarovaning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani oshkor bo‘ldi. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» davlat unitar korxonasi rahbari Dilfuza Samandarovaning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganiga oid xabar keng muhokama qilinmoqda.

Manba: Pexels.com

O‘rganish davomida Samandarovaning 2023 yil 22 fevralda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Avtoimkon trade» MCHJda 50 foizlik ulush bilan taʼsischi ekanligi aniqlandi. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar markazida joylashgan «LBOS Jewellery» kumush taqinchoqlar do‘koni asoschisi ekanligini bayon qilgan va ushbu do‘konning ijobiy xususiyatlarini reklama qilgan.

Agentlik tomonidan yuqoridagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha 2023 yil 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va uning huzuridagi «Milliy PR-markazi» davlat unitar korxonasiga taqdimnoma kiritildi.

O‘zbekiston eng korruptsiyalashgan davlatlar reytingida qaysi o‘rinni egallaganini mazkur havola orqali o’qing.

Shuningdek