Yangiliklar

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish 10,4 foizga oshdi

Ko‘mirga talab oshmoqda

2019-2020- yillari O‘zbekistonda ko‘mir ishlab chiqarish pasaygan edi. 2021-yilga kelib, ishlab chiqarishda sezilardi o‘sish bo‘ldi. Sanoat statistikaga qaraydigan bo‘lsak, avgust oyida eng katta miqdordagi ko‘mir ishlab chiqarilganini ko‘rish mumkin.

Foto: alex.stemmer / depositphotos.com

Joriy yilning boshidan buyon, 8 oy ichida yirik korxonalar ko‘mir ishlab chiqarishni 10,4% ga ko‘paytirishdi. Agar o‘tgan yili 3,42 million tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, joriy yilda 3,77 million tonna ko‘mir qazib olindi.

Foto: Statistika agentligi

Aytish kerakki, nafaqat ko‘mir ishlab chiqarish, balki importda ham sezilarli o‘zgarish ko‘paygan. Ko‘mir, koks va briketlar importi – $116,4 mln (+63%).

Baʼzi davlat korxonalarida isitish tizimini ko‘mirga o‘tkazish uchun milliarlab pul sarflanmoqda.