Qashqadaryo viloyati hokimligi Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning o‘ziga 75 million so‘m mukofot puli to‘lash haqidagi qarorini bekor qildi.
Normo‘min Xolboyev 25 avgust kuni o‘z ishidagi tashabbusi uchun o‘ziga 75 million so‘m mukofot berdi.
Keyinroq Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, Xolboyevning tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganligi aniqlandi. Tekshiruvlar natijalari viloyat hokimligiga yuborildi.
19 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov to‘lov haqidagi qarorni bekor qildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan to‘plangan materiallar qonunbuzarlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura va Iqtisodiyot vazirligiga yuborildi.