O‘zbekiston mudofaasi Jahon reytingida qanday baholanadi
21 sentyabr – Tinchlik kuni. Har bir mamlakat o‘z tinchligi, chegaralari xavfsizligi borasida alohida siyosat yuritadi. Bu borada O‘zbekiston aytishimiz joizki, yetakchi o‘rinlarda.
Xalqaro reytinglarda Markaziy Osiyoning eng kuchli armiyasi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston armiyasining qudratining asosi qayerda nimaga asoslangani haqida 2023 yil yanvar oyi holatida maʼlumot berilgan.
Bizda harbiy xizmatga layoqatli bo‘lgan aholi soni 13,6 mln. kishi, har yili harbiy xizmatga chaqirish mumkin bo‘lgan kishilar soni – 622 mingni tashkil qiladi. 2023 yil yanvar holatida O‘zbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilgan.
Rasmiy manbaalarga maʼlumotidan Respublika harbiy byudjeti 692,5 mln. dollarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston armiyasi 2023 yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 145 davlat orasida 62-o‘rinni egalladi. Tegishli reyting Global Firepower xalqaro kompaniyasi tomonidan eʼlon qilindi.
O‘zbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta o‘quv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta tank, 197 ta o‘ziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta ko‘p raketa tizimi mavjud.
Qanday hollarda harbiy xizmatning bir kuni uch kun hisobiga o’tishi haqida havola orqali bilib olishingiz mumkin.