Yangiliklar

Visa O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

Bu haqda kompaniya vakili Endryu Torre ma'lum qildi

Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha Visa prezidenti Endryu Torre kompaniyaning Oʻzbekistonda vakolatxonasi ochilganini maʼlum qildi.

Foto: Visa matbuot xizmati

Torre bu haqda Visa Central Asia Payment forumida maʼlum qildi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Tadbir mintaqada to‘lov tizimi va innovatsiyalar joriy etilganining 30 yilligiga bag‘ishlandi.

Shuningdek, u Markaziy Osiyo mamlakatlarida pulning kelajagi raqamli texnologiyalarda ekanligini taʼkidladi.

Visa katta vitse-prezidenti Vera Platonovaning fikricha, O‘zbekiston kompaniya uchun strategik ahamiyatga ega. Platonovaning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston vakolatxonasi Visa respublikaning moliya institutlari va kompaniyalariga koʻrsatayotgan yordamini kuchaytiradi.

Mamlakatimizdagi faoliyati davomida kompaniya Visa Direct kabi turli xizmatlarni joriy qildi. Xizmat butun dunyo bo’ylab Visa karta egalariga pul o’tkazish imkonini beradi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning iyun oyi oxirida Visa Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari tadbirkorlari uchun onlayn platformasini ishga tushirganini yozgan edi.