O‘zbekiston terma jamoasining FIFA reytingida o‘rni yomonlashdi
eʼlon qilindi
Ammo jamoa Markaziy Osiyoning eng kuchlisi bo'lib qolmoqda
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastga tushdi. Tashkilot saytidagi ma’lumotlarga ko’ra, 21-sentyabr holatiga ko’ra, jamoa ro’yxatda 75-o’rinni egallab turibdi.
Oxirgi uchta yangilanish davomida – apreldan iyulgacha – O‘zbekiston 74-o‘rinda qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Qo‘shni davlatlar terma jamoalari o‘zbek sportchilaridan past: Qozog‘iston – 100, Qirg‘iziston – 96, Tojikiston – 110, Turkmaniston – 140-o‘rin.
Reytingda Argentina birinchi, San-Marino esa oxirgi o‘rinda.
Avvalroq, FIFA O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini yuqori baholagan edi.