Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastga tushdi. Tashkilot saytidagi ma’lumotlarga ko’ra, 21-sentyabr holatiga ko’ra, jamoa ro’yxatda 75-o’rinni egallab turibdi.

Oxirgi uchta yangilanish davomida – apreldan iyulgacha – O‘zbekiston 74-o‘rinda qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Qo‘shni davlatlar terma jamoalari o‘zbek sportchilaridan past: Qozog‘iston – 100, Qirg‘iziston – 96, Tojikiston – 110, Turkmaniston – 140-o‘rin.
Reytingda Argentina birinchi, San-Marino esa oxirgi o‘rinda.
Avvalroq, FIFA O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini yuqori baholagan edi.