O‘zbekiston Rossiya gazini qabul qilishga tayyor, lekin hammasi bizga bog‘liq emas

eʼlon qilindi
Rossiya gazining O‘zbekistonga qachon yetkazib berilishi hozircha noma’lum

O‘zbekiston 1-oktyabrdan Rossiya gazini qabul qilishga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi Axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev TASSga ma’lum qildi.

Foto: Iurii / depositphotos.com

Xabar eʼlon qilingach, «Kursiv» Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari bilan bog‘landi:

«Import jarayoni juda murakkab jarayon. U faqat O‘zbekistonga bog‘liq emas. O‘rtada tranzit davlat ham bor. Men faqat o‘z tarafimizdan gapirib, O‘zbekiston infrastrukturasi Rossiya gazini qabul qilib olishga 100 foiz tayyorligigni ayta olaman xolos. Lekin ayni sanadan gazni qabul qilamizmi yoki yo‘q, bu borada aniq maʼlumotga ega emasman», – dedi u.

Toshxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, biz Rossiya gazini qabul qilishga tizimni tayyorlaganmiz. Shuningdek, O‘zbekiston quvurlari yuqori bosimli gazni qabul qilib olishga tayyor.

Avvalroq, “Kursiv» elektr va gaz uchun subsidiyalar byudjetga qancha qimmatga tushishi haqida yozgan edi.

Shuningdek