O‘zbekistonlik Udmurtiya bosh vaziri o‘rinbosari bo‘ladi

eʼlon qilindi
U sport va raqamlashtirish uchun mas'ul bo'ladi

Olmaliqlik Timur Medjitov Udmurtiya (Udmurt Elkun Kivaltet) hukumati raisi o‘rinbosari bo‘ladi, xabar bermoqda «Kommersant-Udmurtiya».

Foto: Digital Russia

Timur Medjitov 1984 yilda Olmaliq shahrida tug’ilgan. 2018-2021-yillarda Udmurtiya Axborot va kommunikatsiyalar vazirligini boshqargan, 2021-yil avgustidan esa raqamli rivojlanish vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.

Medjitov yangi lavozimida raqamlashtirish va sport masalalari bilan shug’ullanadi.

Uning nomzodi Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi ushbu respublika Davlat kengashi tomonidan keyingi sessiyada tasdiqlanishi kerak.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbekistonlik yana bir fuqaro Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri bo‘lganini yozgan edi.

Shuningdek