Yozef Roz Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi, deb yozadi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, u bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Vengriya rasmiylari so‘nggi yillarda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida jiddiy ish olib bormoqda. Xususan, tomonlar sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida viza olish jarayonini osonlashtirishga kelishib olishdi.
Avgust oyi oxirida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrif buyurib, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar o‘tkazdi.