Bosh vaziri o‘rinbosari: O‘zbekiston “iqtisodning nozik tarmoqlarida” diversifikatsiya qilishga intiladi

eʼlon qilindi
“Biz kimga va qayerga investitsiya kiritishni buyuradigan darajada boy emasmiz” — O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston o‘zining savdo hamkorlarini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Bloombergga bergan intervyusida gapirib o‘tdi. Intervyu O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi doirasida Vashingtonda bo‘lib o‘tdi. 

Manba; depositphotos.com / tendo23

«Geosiyosiy vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, savdo hamkorligida faqat bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi — bu ishonchli emas. O‘zbekiston savdo sheriklari va investitsiyalarini, jumladan, “iqtisodning nozik tarmoqlarida» diversifikatsiya qilishga intiladi”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev.

2030-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmini 160 mlrd dollarga yetkazmoqchi. Buning uchun mamlakat AQSh, Rossiya va Xitoy manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak, bu esa bugungi kunda borgan sari tarqoqlashib borayotgan global iqtisodiyot muhitida oson ish emas, yozadi nashr.

Ayni vaqtda Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sheriklaridan biri bo‘lib qolmoqda. Moskva bilan tarixiy aloqalar bu munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi Rossiyadan uyiga, oilasiga pul jo‘natadi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov mamlakat AQSh Moliya vazirligi bilan hamkorlikda AQSh va Yevropadan Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlar tranzitining oldini olish bo‘yicha ish olib borayotganini aytdi.

So‘nggi yetti oyda tovar ayirboshlashning sekinlashuvi ortidan Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi maqomini yo‘qotmoqda. Xitoy O‘zbekiston bozoriga yetkazib berish hajmini keskin oshirdi. Natijada, yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘zbekistonning YeOII va MDHga bog‘liqligi pasayib, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan savdo aloqalari kengaydi.

Biroz avval, Bloomberg dunyoda neft tanqisligiga duch kelish kutilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek