Bugun, 26-sentyabr kuni Uchtepa, Yashnobod va Mirzo Ulug’bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Soat 09:00 dan 17:00 gacha Uchtepa tumanining «Uchtepa» mahallasi, soat 10:00 dan 16:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumanining «Jasorat», «Alisherobod» hamda «Ijodkor» hamda Yashnobod tumanining «Ko’ksaroy» mahallalarining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Rossiya gazini qabul qilishga tayyor, lekin hammasi bizga bog‘liq emasligi haqida yozgan edi.