Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan «Ravnaq-bank» nomi «Octobank»ga o‘zgarganligi munosabati bilan unga litsenziya qayta rasmiylashtirib berildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq uning aksiyadorlari bank nomini o‘zgartirishga qaror qilgani xabar qilingandi. Moliyaviy muassasaning asosiy aksiyadori Iskandar Tursunov hisoblanadi.
Joriy yilning birinchi yarmida «Ravnaq-bank»da muammoli kreditlarning ulushi 76,7 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, bank o’sha paytda bir necha oy davomida jismoniy va yuridik shaxslarga kredit bermagan edi. 2023-yil avgust oyi boshida muammoli kreditlar 80,5 foizgacha oshdi.
Avvalroq, «Kursiv» «Ravnaq-bank» tartibga solish qumdoni maxsus rejimining ishtirokchisiga aylangani va kriptokarta yaratish ustida ish olib borayotgani haqida yozgan edi.